Maktabingizning
dars jadvalini
AI boshqaradi
Qog'oz jurnal, Excel va tarqoq Telegram guruhlar o'rniga — 121+ modul va savolingizga maktabingiz raqamlari bilan javob beradigan Skola AI. O'quv jarayoni, moliya, sotuv, marketing, HR, video darslar — hammasi bitta tizimda.
Har xil ta'lim — bitta platforma
Skola uch turdagi muassasaga moslashadi. Muassasa turini tanlaysiz — tizim atamalari, modullar va AI o'zi sozlanadi.
Maktab
Sinflar, KTP, zamena, tabel, davomat, baholar, ota-ona portali — to'liq maktab operatsion tizimi.
Bog'cha
Guruhlar, kunlik tartib, kirish-chiqish nazorati, sog'liq, menyu, rivojlanish tabeli.
O'quv markazi
Kurslar katalogi, guruhlar, lidlar/sotuv voronkasi, kursdan avto to'lov, AI sertifikat.
Bir AI (Skola AI · JARVIS), bitta token monetizatsiya, bitta brend — uch vertikal uchun.
Tanish ahvolmi?
Har kuni yuzlab maktab shu muammolar bilan yashaydi. Skola ularni bitta tizimda hal qiladi.
Jurnal qog'ozda, hisobot Excel'da, ro'yxat 5 xil faylda
Hammasi bitta bazada — jurnal, tabel, hisobot avtomatik
Kim to'ladi, kim qarzdor — oy oxirida aniqlanadi
Click/Payme onlayn to'lov, qarzdorlik jonli nazoratda, avto-eslatma
O'qituvchi kelmadi — zavuch telefonda zamena qidiradi
Tizim bo'sh o'qituvchilarni o'zi taklif qiladi — bir daqiqada hal
Ota-ona baho va davomatni oy oxirida bilib oladi
Ota-ona portali: baho, davomat, to'lov — telefonida, jonli
Bitta tizim. To'qqiz bo'lim.
Har bo'limni bosing — ichidagi barcha modullarni ko'rasiz. Bular reja emas: hammasi bugun ishlaydi.
Sinf jurnalidan geymifikatsiyagacha
Kundalik o'quv jarayonining hammasi: elektron jurnal, davomat, uy vazifa, tabellar — va o'quvchini o'qishga qiziqtiradigan o'yin mexanikasi.
Jamoangizga
yangi xodim keldi
Skola AI — shunchaki chat emas. U maktabingiz bazasini biladi, savolga aniq raqam bilan javob beradi, zamena tayinlaydi, test tuzadi, banner chizadi va reklama rolikini yaratadi. Direktor telefonda so'raydi — AI bajaradi.
- Ovozli suhbat — gapiring — o'zbekcha ovozda javob qaytaradi
- Model tanlash — Claude, Gemini, GPT — har savolga mos kuch
- Rasm va video — banner, afisha, reklama roliki — AI o'zi yaratadi
- Jonli sarf datchigi — har token ko'z oldingizda, kutilmagan hisob yo'q
- Rol chegaralari — moliya savollariga faqat vakolatli xodim kiradi
Savol — javob, darhol
«Bugun kimlar kelmadi?», «Qarzdorlar kim?» — maktabingiz bazasidan aniq raqamlar bilan javob. 3 tilda.
Ovozli suhbat
Yozmasdan gapiring — Skola AI tinglaydi, o'zbekcha ovozda javob qaytaradi. Jonli suhbat rejimi ham bor.
Rasm va video yaratadi
«1-sentyabr uchun tabrik banner tayyorla» — AI rasm va reklama rolikini o'zi yaratadi, siz tasdiqlaysiz.
Test va topshiriq
Mavzu yoki PDF kitobdan 3 tilda test — izohi bilan. O'quvchi javobiga AI baho taklif qiladi, o'qituvchi tasdiqlaydi.
Moliya va marketing tahlili
AI Moliyaviy Analitik anomaliyalarni topadi, MarketingGPT byudjetni qayerga yo'naltirishni aytadi.
AI qo'ng'iroqlar va xulosalar
O'zbek ovozli avto-qo'ng'iroq lidlarga, video yig'ilishlardan avto-konspekt.
Direktorning bir kuni — Skola bilan
Telefon qo'ng'iroqlari va qog'oz hisobotlar o'rniga — har qarorga tayyor ma'lumot.
Xavf guruhi paneli
Ertalabki qahva bilan: 3 o'quvchi davomati tushib ketgan, 1 tasida baho ham pasaygan — sinf rahbariga bir bosishda topshiriq.
Zamena bir daqiqada
Matematika o'qituvchisi kasal. Tizim uning bugungi 4 darsini ko'rsatdi va bo'sh o'qituvchilarni taklif qildi — tayinlandi, jadval yangilandi.
Dars kuzatuvi
7-B da ochiq dars: 5 mezonli varaqa planshetda to'ldirildi, o'qituvchi reytingi avtomatik yangilandi.
Moliya bir qarashda
Oylik yig'im 87% — qarzdorlar ro'yxati tayyor, eslatma bir bosishda. AI analitik xarajat anomaliyasini belgiladi.
Qabul kampaniyasi
Instagram kampaniyasi ROAS 3.2x — MarketingGPT byudjetni Telegram'ga ko'chirishni tavsiya qildi. Ertangi post kalendarda tayyor.
Bola telefonini
o'qish quroliga aylantiring
Har baho — XP. Har kunlik kirish — seriya. Har mavzu — ko'nikma daraxtida shoxcha. O'quvchi reytingda ko'tarilish uchun o'qiydi, ota-ona esa hammasini jonli ko'radi: baho, davomat, to'lov — kutmasdan.
- XP, daraja, tanga va mukofot do'koni — motivatsiya mexanikasi
- AI quizlar ko'nikma daraxtiga bog'langan — o'yin orqali bilim
- Repetitor bozori: qidiruv → bron → video dars → Click/Payme to'lov
- Ota-ona portali (PWA): farzand natijalari real vaqtda — telefonda, ilova o'rnatmasdan
3 qadamda ishga tushiring
Ro'yxatdan o'ting
Bir necha daqiqada muassasangiz yaratiladi — subdomen, sayt va admin kabinet tayyor.
Biz sozlab beramiz
Logo, ranglar, fanlar, sinflar — jamoamiz Excel'dan o'quvchilarni ham yuklab beradi.
Jamoa ishlay boshlaydi
Har xodimga o'z roli, har modulga kerakli ruxsat. Birinchi oy — kuzatuvimizda.
Shaffof narxlar
Sinovdan boshlang — ishonch hosil qilgach kengaytiring. Yillik to'lovda 2 oy bepul.
Sinov
14 kun bepul sinab ko'rish
- Barcha imkoniyatlar 14 kun
- 50 o'quvchigacha
- 1 filial
- Karta talab qilinmaydi
Basic
Kichik maktablar uchun
- Ko'p tilli public sayt
- To'liq ERP (o'quvchi, o'qituvchi, sinf)
- Davomat, baho, uy vazifa
- Qabul (admissions) tizimi
- Moliya va hisob-fakturalar
- 1 filial · 300 o'quvchigacha
Pro
O'sayotgan maktablar uchun
- Basic'dagi barcha imkoniyatlar
- AI Yordamchi (test/topshiriq generatsiya)
- O'quvchi ilovasi + geymifikatsiya
- Onlayn to'lov (Click/Payme)
- Kengaytirilgan hisobotlar
- 5 filial · 1000 o'quvchigacha
Enterprise
Yirik ta'lim tarmoqlari uchun
- Pro'dagi barcha imkoniyatlar
- Cheksiz o'quvchi va filial
- Ustuvor qo'llab-quvvatlash
- Maxsus brending va domen
- Integratsiya / API kirish
- Shaxsiy menejer
Ko'p so'raladigan savollar
Maktabingizni bugun
bitta tizimga o'tkazing
Bog'laning — 24 soat ichida demo ko'rsatamiz, sayt va kabinetni sozlab beramiz. Siz faqat ishlatasiz.